Angliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellinghem jahon chempionati 1/8 final bosqichidan o'rin olgan Meksikaga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Uch sherlari» «Real» futbolchisining dubli evaziga 3:2 hisobida g'alaba qozonib, chorakfinal yo'llanmasiga ega chiqdi. E'tiborli tomoni, Jud Ganaga qarshi bellashuvda ham eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.
Ma'lumot o'rnida, Angliya milliy jamoasi chorakfinal bosqichida Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi. Bahs 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 02:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan.