Argentina milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Misrga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvni fransuz hakam Fransua Letesie boshqaradi. Jurnalist Gustavo Yarrochning xabar berishicha, bu qaror argentinliklarga ma'qul kelmagan.
Ma'lum qilinishicha, milliy jamoa vakillari FIFA nega aynan fransuz hakamga bu o'yinni ishonib topshirganini tushuna olmayapti.
Eslatib o'tamiz, Argentina va Fransiya milliy jamoalari 2022 yil Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati finalida o'zaro to'qnash kelgandi. O'shanda Lionel Skaloni shogirdlari asosiy va qo'shimcha vaqtdagi 3:3 hisobidan so'ng penaltilar seriyasida g'alaba qozongan. Bu safar ham ikki jamoa turnir finalida yana bir bor to'qnash kelishi mumkin.