Live
8
O'zbek

Makallister: «Messi «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritishi kerak»

Futbol
23 sentabr, 06:09
«Oltin toʻp» sovrini 26-oktabr kuni Londonda topshiriladi.
Makallister: «Messi «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritishi kerak»
Фото: Getty Images

Argentina milliy jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Makallister «Inter Mayami» forvardi Lionel Messi «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritishga munosib ekanini ta’kidladi.

«Albatta, argentinaliklar sifatida Messining «Oltin toʻp»ni yutishini istaymiz. Leo jahon chempionatini ajoyib oʻtkazdi va nima uchun bu sovrinni olmasligi kerakligini tushunmayapman.

Hozir statistika juda muhim rol oʻynaydi. Avvallari bunga bunchalik katta ahamiyat berilmasdi. Barcha da’vogarlar ajoyib futbolchilar va sovringa yaqin kelgan har bir futbolchi gʻalabaga munosib.

Leo har doim jamoaviy yutuqlarni shaxsiy sovrinlardan ustun qoʻygan. Shu sababli «Oltin toʻp»ni qoʻlga kirita olmasa ham, bu uning uchun katta muammo boʻlmaydi», — deya Makallisterning soʻzlaridan keltiradi ESPN nashri.

Eslatib oʻtamiz, «Oltin toʻp» sovrini 26-oktabr kuni Londonda topshiriladi. Messi hisobida allaqachon 8 ta sovrin bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar