Live
8
O'zbek

Messi milliy jamoadagi so‘nggi bahsiga tayyorlanmoqda

Futbol
23 sentabr, 02:30
Argentina milliy jamoasi sardori jamoadagi so‘nggi bahsida o‘ziga xos dizayndagi futbolkada maydonga tushishi kutilmoqda
Messi milliy jamoadagi so‘nggi bahsiga tayyorlanmoqda
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi 6-oktabr kuni Benin bilan bahs olib boradi. Mazkur bellashuv Lionel Messining terma jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi kutilmoqda. Xabarga ko‘ra, 39 yoshli hujumchi ushbu bahsda maxsus dizayndagi libosda maydonga tushadi.

Futbolka dizaynida havorang asosiy rang sifatida tanlangan bo‘lib, uning markazida bitta oq chiziq joylashadi. Shuningdek, futbolchining raqami va familiyasi odatdagi qora rangda emas, oltin rangda yoziladi. Libosda standart formadan farq qiluvchi yana bir nechta kichik o‘zgarishlar ham bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Messi Argentina milliy jamoasidagi debyutini 2005-yil 17-avgust kuni Vengriyaga qarshi bahsda o‘tkazgan. U mazkur bellashuvda maydonga tushganidan atigi 40 soniya o‘tib, qizil kartochka olgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina bilan 2022-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar