Live
8
O'zbek

«Bornmut» Skott bo‘yicha bir qarorga keldi

Futbol
26 sentabr, 12:54
London klubi 23 yoshli futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Bornmut» Skott bo‘yicha bir qarorga keldi
Фото: Getty Images

«Bornmut» rahbariyati yarimhimoyachi Aleks Skottning «Chelsi»ga ehtimoliy transferi borasidagi pozitsiyasini belgilab oldi. Bu haqda jurnalist Din Jons xabar berdi.

London klubi 23 yoshli futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «giloslar» Skottni kamida bu mavsum oxiriga qadar o‘z tarkibida saqlab qolishga qat’iy qaror qilgan. Shu sababli futbolchining yanvar oyida «Chelsi»ga o‘tishi deyarli imkonsiz hisoblanmoqda.

Shu bilan birga, «Bornmut» kelasi yozda Skottni sotish variantini istisno qilmayapti. Klub ichida futbolchining transfer qiymati 110 million yevro atrofida baholanmoqda.

Aleks bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq «Chelsi» qishda Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar