Misr milliy jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassanning kelajagi noaniq bo‘lib qoldi. Bu haqda Cairo 24 xabar berdi.
So‘nggi kunlarda Hassan bir qator bahsli vaziyatlar markazida qoldi. Jumladan, uning darvozabon Muhammad ash-Shenaviyga nisbatan bildirgan fikrlari katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shuningdek, murabbiy Angolaga qarshi uchrashuvning 61-daqiqasida jamoa yetakchisi Muhammad Salohni zaxiraga olgani uchun ham tanqid qilindi. Qohirada o‘tkazilgan Afrika Kubogi saralash bahsi 0:0 hisobida yakunlangan.
Misr futbol federatsiyasi 29-sentabr kuni Janubiy Sudanga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda kutilgan natija qayd etilmasa, shuningdek, keyingi o‘rtoqlik bahsida JARga qarshi o‘yindan so‘ng vaziyat rivojining turli variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Agar Hossam Hassan iste’foga chiqarilsa, Misr futbol federatsiyasi milliy jamoa boshqaruvini xorijlik mutaxassisga topshirishi mumkin.