Samarqand shahrida davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida 10-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston asosiy jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Muhiddin Madaminov o‘z partiyalarida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev esa o‘z doskasida durang natija qayd etdi.
- Nodirbek Abdusattorov 1:0 Hayk Martirosyan
- Javohir Sindorov 1:0 Robert Hovhannisyan
- Nodirbek Yoqubboyev 0,5:0,5 Shant Sargsyan
- Muhiddin Madaminov 1:0 Gabriel Sargsyan
Ushbu g‘alabadan so‘ng, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi.
So‘nggi turdagi raqib barcha uchrashuvlar yakunlanganidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi