Sloveniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Boshtyan Sesar milliy jamoa va «Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshkoni qo‘llab-quvvatladi.
Hujumchi boldiridan olgan jarohati tufayli APLning 5-turida «Fulhem»ga qarshi o‘yinni (1:1) o‘tkazib yuborgani sababli «qizil iblislar»ning sobiq futbolchilari Ueyn Runi, Pol Skoulz va Nikki Batt tomonidan tanqidga uchragan edi.
«Bunday klubda o‘ynasang, tanqidlar muqarrar. Bu jarayondan nafaqat Beni, balki barcha o‘tadi. U sog‘lom bo‘lib, gollar urayotganida bunday ayblovlar uchramayotgandi.
Albatta, u professional, menimcha, bunday narsalarga e’tibor bermaydi. U hamma narsaga ijobiy qarashi va o‘z atrofida to‘g‘ri insonlarni jamlashi zarur.
Benyaminga hozir oson emas. U o‘z faoliyatidagi murakkab davrni boshdan kechirmoqda, chunki shu vaqtgacha unda jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan. Bu g‘ayrioddiy jarohat bo‘lib, uning tuzalishi uchun ma’lum vaqt talab etiladi. Hozir u atrofida o‘zi ishonadigan va suyana oladigan insonlarni jamlashi kerak», — deya Sesarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail.