Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal «Oltin to‘p» egasi darajasida anchadan buyon to‘p tepishini ta’kidladi.
«Men nafaqat bu yil «Oltin to‘p» darajasida o‘ynayapman, bu uzoqroq davom etmoqda. Boshqalarga o‘xshamasligimni hamma yaxshi biladi. Men g‘alaba qozonishda davom etishim kerak. Vaqti kelib bahs-munozaralar tugaydi», - deya 19 yoshli futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Guardian.
Ma’lumot uchun, Yamal 2026-yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanmoqda. Sovrinni topshirish marosimi 26 oktyabr Londonda (Angliya) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil «Oltin to‘p» sovrini «PSJ» va Fransiya milliy jamoasi yetakchisi Usmon Dembelega topshirilgan edi.