«Manchester Siti»ga moliyaviy qoidalarni buzish bilan bog‘liq ish yuzasidan jiddiy sanksiyalar qo‘llanishi mumkin. OAV xabarlariga ko‘ra, ehtimoliy jazolar qatorida klub qo‘lga kiritgan sovrinlardan mahrum qilish ham bor. Biroq «Liverpul»ning sobiq himoyachisi Endryu Robertson bunday chorani o‘rinli deb hisoblamasligini aytdi. Uning so‘zlarini The Guardian keltirdi.
«Menimcha, futbolchilar maydonda qanchalik yaxshi ekanini isbotlagan. Ayblovlar va boshqa masalalar haqida ko‘p narsa bilmayman. Ammo ularda ajoyib jamoa bor edi va men ular bilan raqobatlashishni yoqtirardim. Bunday vaziyatlarda futbolchilarni ayblash kerak deb o‘ylamayman. Men e’tibor qaratishim mumkin bo‘lgan jihat shu», — dedi Robertson.
«Liverpul» 2019 va 2022-yillarda «Manchester Siti»dan keyin Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan. Shu sababli ehtimoliy sanksiyalar «qizillar»ning o‘sha mavsumlardagi natijalariga ham ta’sir qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Robertson 2017-yildan 2026-yil iyunigacha «Liverpul» safida o‘ynagan. Shartnomasi yakunlangach, u «Tottenhem»ga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» moliyaviy qoidalar buzilgani haqidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qarorga qarshi apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.