Live
1
O'zbek

Angliyada stadionlarga boradiganlarning 63 foizi alkogolli ichimliklar sotilishiga qarshi

Futbol
26 sentabr, 03:51
YouGov kompaniyasi stadionlarga boradigan va bormaydiganlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Angliyada stadionlarga boradiganlarning 63 foizi alkogolli ichimliklar sotilishiga qarshi
Foto: Getty Images

Britaniyalik muxlislarning aksariyati stadionlarda alkogolli ichimliklar sotilishiga qarshi.

Alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishga qo‘yilgan taqiq 1985-yilda joriy etilgan.

Bozor tadqiqotlari va internetdagi ma’lumotlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi YouGov kompaniyasi 6091 nafar voyaga yetgan respondent ishtirokida so‘rov o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, kamida bir marta futbol o‘yiniga borgan britaniyaliklarning 64 foizi taqiq amalda qolishi kerak, deb hisoblaydi. Faqat 26 foiz kishi taqiqni bekor qilishni xohlashini bildirgan. 10 foiz respondent esa bu masalada aniq pozitsiyaga ega emas.

Stadionlarga muntazam ravishda tashrif buyuradigan respondentlarning 63 foizi taqiq saqlanib qolishini qo‘llab-quvvatlagan, 35 foizi esa uni bekor qilish tarafdori bo‘lgan.

Mavsum davomida stadionlarga bormaydiganlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ham shunga yaqin natijalar qayd etilgan: ularning 64 foizi stadionlarda alkogol iste’moliga qo‘yilgan taqiqni qo‘llab-quvvatlaydi, 23 foizi esa unga qarshi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar