Daily Mail jurnalisti Oliver Holt «Manchester Siti»ni so‘nggi o‘n yilliklarda qo‘lga kiritgan Angliya chempionligi unvonlaridan mahrum qilish kerak, deb hisoblaydi.
«Ushbu chempionlik unvonlariga «yulduzcha» qo‘yishning o‘zi yetarli emas. Hech bo‘lmaganda, «Siti» 2012, 2014, 2018, 2019, 2021, 2022, 2023 va 2024-yillarda qo‘lga kiritgan chempionlik unvonlaridan mahrum qilinishi kerak.
Aytilishicha, bunday bo‘lishi ehtimoli kam. Ammo ularni kamida Premer-ligadan chiqarib yuborish va keyingi mavsumni Chempionshipda boshlashga majbur qilish kerak.
Albatta, ular apellyatsiya beradi va bu ularning ushbu mavsum oxirigacha, ehtimol, undan keyin ham Premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolishiga imkon beradi. Ammo apellyatsiya qanoatlantirilmasa, ular yuqori diviziondan tushirib yuborilishi kerak.
Bu yerda Angliya futboli obro‘si masalasi turibdi. Agar ular yengilroq jazo bilan qutulib qolsa, futbol obro‘siga putur yetadi», — deb yozdi Holt.
Jurnalist: «Siti» so‘nggi 8 chempionligidan mahrum qilinishi kerak. Bu yerda Angliya futboli obro‘si turibdi»
Futbol
26 sentabr, 03:30
20
Oliver Holtning fikricha, Manchester klubi yengil jazo bilan qutulib qolmasligi kerak.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi