Live
1
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Shahriyor Mahkamov O‘zbekiston delegatsiyasiga 8-oltin medalni olib berdi

Boshqalar
25 sentabr, 22:55
    33
U 500 metrga baydarkada eshkak eshish bahslarida marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Osiyo o‘yinlari. Shahriyor Mahkamov O‘zbekiston delegatsiyasiga 8-oltin medalni olib berdi
Foto: Olympic uz

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

26-sentabr kungi bahslar O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Baydarkachi Shahriyor Mahkamov Osiyo o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi.

Mahkamov erkaklar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan yakkalik dasturida marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining medallari 33 taga yetdi — 8 ta oltin, 16 ta kumush, 9 ta bronza.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

33 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar