Live
1
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova juftligi kumush medalga sazovor bo‘ldi

Boshqalar
25 sentabr, 23:18
O‘zbekistonning medallari 34 taga yetdi.
Osiyo o‘yinlari. Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova juftligi kumush medalga sazovor bo‘ldi
Foto: Olympic uz

Aichi-Nagoyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalga ega chiqdi.

Mikst dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar finishga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi.

Natijada O‘zbekiston delegatsiyasining medallari 34 taga yetdi — 8 ta oltin, 17 ta kumush, 9 ta bronza.

Bugungi yangiliklar