«Manchester Siti» APLning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlik bo‘yicha qo‘yilgan barcha ayblovlarda (bittasidan tashqari) aybdor deb topilganidan so‘ng, bir qator da’volarga duch kelishi mumkin.
The Times ma’lumotlariga ko‘ra, bunday holat klub raqiblariga kompensatsiya talab qilish uchun yo‘l ochib berishi mumkin.
2024-yilda «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» «shaharliklar»ga murojaat qilib, «Siti» jiddiy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgan taqdirda, yetkazilgan zarar uchun tovon puli talab qilish huquqini saqlab qolishlarini bildirgandi.
Vaziyatdan xabardor manbalarning aytishicha, ayrim klublar o‘z zararlarini allaqachon hisoblab chiqqan. Jumladan, Chempionlar ligasidagi ayrim mavsumlarni o‘tkazib yuborish bilan bog‘liq yo‘qotishlar 100 million funtdan ham oshishi mumkin. Foizlar hisobga olinsa, bu qiymat sezilarli darajada yana ortishi ehtimol.
«MYU», «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenhem» «Siti»dan tovon puli talab qiladi
Futbol
26 sentabr, 00:51
Ushbu klublar aynan «shaharliklar» sabab YCHLda bir qancha mavsumlarni o‘tkazib yuborgan bo‘lib chiqishi mumkin.
Foto: Getty Images