Rio Ferdinand «Manchester Siti»ning APL moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgani haqida hazil qildi.
«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi ijtimoiy tarmoqqa video joyladi. Unda Ferdinand ESPN eksperti sifatida ishlayotgan Serxio Agueroning oldiga yugurib boradi va ko‘ksiga qoqib, nimadir deydi.
«AGUERO-O-O, APL medalimni qaytarib ber, iltimos! 😭😂» — deb yozdi so‘ng Ferdinand video ostiga.
Rio “Siti”ning ayblovlari borasida avvalroq ham oʻz fikrlarini bildirgandi.
Ferdinand: «Agüero-o-o, APL medalimni qaytarib ber»
Futbol
26 sentabr, 05:24
«MYU» sobiq himoyachisi «Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar borasida «shaharliklar» sobiq forvardiga hazil qildi.
Foto: Getty Images