Live
1
O'zbek

Darren Bent: «Siti»ni 4-divizionga tushirib, 5–6 yilga transfer taqiqi qo‘yish kerak»

Futbol
26 sentabr, 01:35
«Tottenhem» sobiq hujumchisi «shaharliklar»ni xuddi «Reynjers» kabi jazolash kerakligini aytdi.
Darren Bent: «Siti»ni 4-divizionga tushirib, 5–6 yilga transfer taqiqi qo‘yish kerak»
Foto: Getty Images

Darren Bent «Manchester Siti»ni APLning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun qattiq jazolashga chaqirdi.

«Menimcha, hatto ularni Chempionshipga tushirib yuborish ham kamlik qiladi. Faqat bir divizion. «Yuventus» va «Reynjers» bilan nimalar bo‘lganiga qarang. Glazgoliklar, adashmasam, to‘rtta divizionga pastga tushirilgan.

«Siti»ni to‘rtinchi ligaga tushirish va 5–6 yilga transfer taqiqini joriy qilish kerak»
, — dedi «Tottenhem»ning sobiq hujumchisi Talksport efirida.

Avvalroq “MYU” sobiq himoyachisi Rio Ferdinand ham bu borada oʻz fikrlarini bildirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar