Italiya bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan Belgiya (0:2) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
— Birinchi bo‘limda Belgiya bizdan yaxshiroq o‘ynadi, ikkinchi bo‘limda esa ularda qiyinchiliklar boshlandi. Hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, ammo keyin o‘z xatomiz tufayli to‘p o‘tkazib yubordik.
— O‘yin munosib darajada bo‘lmadimi?
— Birinchi bo‘limda — ha, ikkinchi bo‘limda — yo‘q. Jamoa ikkinchi golga olib kelgan qarshi hujumgacha juda yaxshi harakat qildi. Belgiya — kuchli jamoa va yaxshi o‘ynadi.
— Hushtakbozliklarni eshitish qanchalik og‘riqli?
— Mag‘lubiyatdan biz ham bundan xursand emasmiz. Bu yerda hushtakbozlik o‘rinli, — deya Manchinining so‘zlarini keltiradi TuttoMercatoWeb.
«Hushtakbozliklar o‘rinli» — Manchini Italiyaning mag‘lubiyatidan so‘ng
Futbol
26 sentabr, 01:58
«Moviy gvardiya» ustozi Belgiya bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
25.09.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Italiya
0
:
2
Belgiya