Londonning «Tottenhem» klubi himoyachisi Miki van de Ven Angliya Premyer-ligasining ikki top-klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur Caughtoffside manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Biroq «Tottenhem»ning futbolchi bilan uzoq muddatli shartnomaga ega ekani ehtimoliy transferni murakkab va qimmatga tushirishi mumkin.
Van de Venning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Van de Ven ushbu mavsumda Angliya Premyer-ligasida 4 ta bahsda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.
Eslatib o‘tamiz, Miki van de Ven 2023 yildan buyon «Tottenhem» safida to‘p tepmoqda.