Live
2
O'zbek

Skaloni Argentina milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor – manba

Futbol
22 sentabr, 12:25
Lionel Argentina milliy jamoasini 2018-yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda.
Skaloni Argentina milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor – manba
Фото: Getty Images

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026-yil oxirida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Hernan Sisto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 48 yoshli mutaxassis milliy jamoa bilan «2+2» formulasi asosida yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Hozirda tomonlar yangi kelishuvning moliyaviy shartlarini muhokama qilishlari kerak. Agar kelishuvga erishilsa, Skaloni dastlab 2028-yilgi Amerika kubogiga qadar jamoani boshqaradi. Keyin shartnoma yana ikki yilga uzaytirilib, 2030-yilgi jahon chempionatigacha davom etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Skaloni Argentina milliy jamoasini 2018-yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida argentinaliklar 2022-yilgi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi, shuningdek, ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Skaloni o‘z lavozimini tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar