«Inter Mayami» klubui va Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodrigo De Paul Lionel Messi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq ekanini aytdi.
«Men uchun bu borada bahslashadigan narsa yo‘q. Jahon chempionati o‘tkazilgan yilda hech kim 39 yoshida Messi qilgan ishni qilmagan va qila olmaydi.
U ko‘p yillar davomida buyuk futbolchilar bilan raqobatlashib, imkoniyat chegaralarini kengaytirdi va Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Menimcha, bu borada bahslashadigan narsa yo‘q», — dedi De Paul.