Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachi Martin Zubimendining kelajagi borasida bir qarorga kelgan. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «to‘pchilar» ispaniyalik 27 yoshli futbolchini sotish haqida o‘ylamayapti.
Avvalroq Zubimendiga «Real» jiddiy qiziqish bildirgan. Madrid klubi qishki transfer oynasida u bo‘yicha jiddiy taklif bilan chiqmoqchi ekani xabar qilingandi. Bunga klubning Rodri bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani sabab bo‘lgan.
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta kelgusidagi rejalariga Martinni kiritgan. Shu sabab klub uning transferi haqida o‘ylagani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Zubimendi 2025 yilda «Real Sosyedad»dan «to‘pchilar» safiga ko‘chib o‘tgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Bu mavsumda u barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golga uzatma amalga oshirdi.