Live
5
O'zbek

Xavi: «Laporta Messini “Barsa”ga qaytarishni istamadi»

Futbol
19 sentabr, 04:40
Kataloniyaliklar sobiq bosh murabbiyi Leoning 2023-yilda klubga qaytishi nega amalga oshmaganini aytdi.
Xavi: «Laporta Messini “Barsa”ga qaytarishni istamadi»
Foto: Getty Images

«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messining 2023-yilda Kataloniya klubiga qaytishi nega amalga oshmaganini aytib berdi.

«Messi — mening yaqin do‘stim. Biz u bilan ko‘p gaplashardik. U “Barselona”ga qaytishni istagan. Men esa u uchun “so‘nggi raqs”ni tashkil qilamiz deb o‘ylagandim.

Biz 4 oy davomida aloqada bo‘ldik, ammo keyin Laporta menga Messini “Barselona”ga qaytarishni istamasligini aytdi. Bu haqda Leoga aytish men uchun juda og‘ir edi», — dedi Xavi.

Ma’lumot o‘rnida, Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021-yilda Kataloniya klubidagi moliyaviy muammolar sabab jamoani tark etib, “PSJ”ga ko‘chib o‘tgandi.

2023-yilda argentinalik futbolchi Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi va “Barselona”ga qaytishga yaqin edi. Biroq transfer amalga oshmadi va Messi hozirda faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar