Live
8
O'zbek

«Arsenal» Doumanni qishda ijaraga berishi mumkin

Futbol
19 sentabr, 05:05
Maks o‘tgan mavsum APL tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylangandi.
«Arsenal» Doumanni qishda ijaraga berishi mumkin
Foto: Getty Images

«Arsenal» qishki transferlar oynasida Maks Doumanni ijaraga berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Agar bu variant 16 yoshli yarim himoyachining rivojlanishiga yordam bersa, London klubi uni ijaraga yuborishga tayyor.

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta klub Dowmanning vaziyatini har olti oyda bir marta baholab borishini ta’kidladi. Bunda futbolchining o‘yin amaliyoti, jamoa ehtiyojlari va boshqa omillar hisobga olinadi.

«Biz turli variantlarga ochiq bo‘lishimiz kerak. Lekin hozir eng muhimi — u shu yerda qolishi va jamoaga foyda keltirishi», — dedi Arteta.

Doumanni ijaraga olishga «Arsenal» sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir boshqarayotgan «Luton» qiziqish bildirmoqda. Maks esa 31 dekabrdan keyin, ya’ni 17 yoshga to‘lgandan so‘ng ijaraga ketishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Douman o‘tgan mavsum APL tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylangandi. Bu mavsumda esa u Angliya Liga kubogi doirasidagi «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda (4:2) dubl qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar