«Barselona» vingeri Rafinya Dias klub bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi maoshini ikki baravar oshirishni talab qilmoqda. Agar kataloniyaliklar uning talablarini qondirmasa, Rafinyada boshqa variantlar ham bor.
Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli futbolchiga «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Al-Hilol» qiziqish bildirmoqda. Ushbu klublar Rafinyaga yuqoriroq maosh taklif qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik vingerning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchi bu mavsum Ispaniya chempionatida 9 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq Rafinya La Liga doirasidagi 3 ta o‘yinda 5 ta gol va 1 ta assist qayd etgan holda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgani ma’lum qilingandi.