«Barselona» hujumchisi Rafinya «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresning amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.
O‘tgan yozda argentinalik hujumchi «Barselona»ga o‘tishni istagan va Madrid klubini tark etish niyatini ochiq bildirgan. Biroq «Atletiko» rahbariyati futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.
«Rostini aytsam, «Atletiko»ning Xulian bo‘yicha qarorini tushunmayman. O‘zingni noqulay his qilganingda, imkoniyatlaringni to‘liq namoyish etish va bor diqqating bilan ishlash juda qiyin.
U ketishni va bizga qo‘shilishni istayotganini aniq bildirdi. Nega ular bunday futbolchini qo‘yib yuborishni istamayotganini tushunaman, ammo bu vaziyatda ular haddilaridan oshishdi», — dedi Rafinya.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda Transfermarkt portali Alvaresning transfer narxini 120 million yevroga baholamoqda. Avvalroq Xulian yanvar oyidayoq «Barselona»ga o‘tmoqchi ekani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi