Live
1
O'zbek

Ronalduning «Chelsi»ga o‘tishiga Tuhel to‘sqinlik qilgan

Futbol
18 sentabr, 22:50
    7
O‘sha paytda klubni endigina sotib olgan Bouli jamoaga katta nomga ega yulduzni olib kelishni istagan.
Ronalduning «Chelsi»ga o‘tishiga Tuhel to‘sqinlik qilgan
Foto: Getty Images

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 2022-yilda «Manchester Yunayted»ni tark etgach, «Chelsi»ga o‘tishga yaqin bo‘lgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

O‘sha paytda London klubini endigina sotib olgan Todd Bouli jamoaga katta nomga ega yulduzni olib kelishni istagan. U Ronalduning agenti Jorge Mendes bilan shaxsan uchrashib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan.

Biroq «Chelsi»ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Tomas Tuhel portugaliyalik futbolchining transferiga qat’iy qarshi chiqqan.

Natijada, Ronaldu «Chelsi»ga o‘tmadi va keyinchalik Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l oldi. U hozir ham ushbu mamlakatda faoliyatini davom ettirmoqda.

41 yoshli Krishtianu 2023-yildan beri «An Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning riyodliklar bilan tuzgan shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha amal qiladi.

Avvalroq Angliya milliy jamoasining Millatlar ligasi uchun tarkibi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Al Nassr Al Nassr
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar