«Bavariya» va «Real» sobiq himoyachisi David Alaba faoliyatini MLS’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
34 yoshli avstriyalik futbolchi Lionel Messi to‘p tepayotgan «Inter Mayami»ga o‘tishi kutilmoqda. Alaba hozirda erkin agent maqomida bo‘lgani sababli Amerika klubiga tekinga tushishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, himoyachining so‘nggi klubi «Real» bo‘lgan. U o‘tgan yozda shartnomasi muddati tugagach, «qirollik klubi»ni tark etgandi. Transfermarkt portali hozirda Alabaning transfer narxini 3 million yevroga baholamoqda.
Ayni vaqtda «Inter Mayami» MLS Sharqiy Konferensiyasi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 45 ochko mavjud, peshqadam «Neshvill» bilan oradagi tafovut esa 9 ochkoni tashkil etmoqda.
Avvalroq 33 yoshli futbolchini «Yuventus»ga vositachilar orqali taklif qilingani haqida xabar berilgandi.