Bugun
27
O'zbek

Mbappe: «JCh-2026ni yutish uchun har bir jihatdan yetarlicha tayyor emas edik»

Futbol
23 sentabr, 07:37
Kilian milliy jamoaning sobiq murabbiyi Desham haqida ham fikr bildirdi.
Mbappe: «JCh-2026ni yutish uchun har bir jihatdan yetarlicha tayyor emas edik»
Фото: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi va «Real» hujumchisi Kilian Mbappe Didye Desham qo‘l ostida o‘tkazgan to‘qqiz yillik faoliyati, shuningdek, jahon chempionatidagi natija haqida fikr bildirdi.

- «Uchta jahon chempionatini birga o‘tkazdik: ikkita final va bir yarim final. Hamma narsani mayda detallar hal qiladi. JCh-2026ni yutish uchun har bir jihatdan yetarlicha tayyor emas edik. Kerakli paytda tayyor bo‘lish juda muhim. Agar turnirga har tomonlama tayyor bo‘lmasang, muvaffaqiyatga erishish qiyin.

— Jahon chempionati finalini tomosha qildingizmi?

- Ha. Men vaziyatni tez qabul qila oladigan insonman. G‘alaba qozonsam, darhol keyingi vazifaga o‘taman. Mag‘lub bo‘lsam, buni ham qabul qilishim kerak. Chunki nima sodir bo‘lgani va nima sababdan yuz berganini tez tahlil qila olaman. Shuning uchun finalni do‘stlarim va sevgilim bilan birga tomosha qildim.

— Bu qadar og‘riqli emasmi?

- Bu hayotning bir qismi. G‘olibni tabriklash va keyingi sovrin uchun kurashish lozim», — deya Mbappening so‘zlaridan keltiradi The Athletic nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar