Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holandning otasi Alf-Inge Holand o'g'lining kelajakda "Real"ga o'tishi ehtimolini istisno qilmadi.
— Boshqa klublar haqidagi ehtimoliy variantlar yuzasidan ko'p gapirishni istamayman. Erling "Manchester Siti"da baxtli, uning uzoq muddatli shartnomasi bor. Ammo har bir futbolchi "Real" safida to'p tepishni orzu qiladi.
— Erling bir kun kelib Ispaniyada o'ynashi mumkinmi?
— Balki... Futbolda har doim imkoniyatlar bo'ladi. Ispaniyada ajoyib jamoalar va buyuk klublar bor. Hech qachon aniq aytib bo'lmaydi, ammo hozir u Angliyada o'zini baxtli his qilyapti, — dedi Alf-Inge DAZN nashriga bergan intervyusida.
Holandning otasi: «Erling "Siti"da baxtli, ammo har bir futbolchi "Real"da o'ynashni orzu qiladi»
Futbol
6 iyul, 00:45
Alf-Inge Holand kelajakda o'g'lining Ispaniyada o'ynashi ehtimolini istisno qilmadi.
Foto: Getty Images