Bugun
2
O'zbek

De la Fuente: "Ronalduning muxlisi ekanimni yashirmayman. Uning bizga qarshi o'ynamasligini istardim"

Futbol
5 iyul, 23:45
Ispanlar bosh murabbiyi Portugaliya bilan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
De la Fuente: "Ronalduning muxlisi ekanimni yashirmayman. Uning bizga qarshi o'ynamasligini istardim"
Foto: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Krishtianu Ronalduning muxlisi ekanini ma'lum qildi.

"Qizil furiya" JCH-2026 1/8 finalida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 6 iyul, dushanba kuni bo'lib o'tadi.

"Men Krishtianu va unga o'xshagan insonlarning muxlisi ekanimni yashirmayman. U — kuchli irodaga ega, charchoqni bilmaydigan inson. U qadriyatlarning yorqin namunasi. Men unga katta hurmat bilan qarayman. Gap faqat u qoldirayotgan meros haqida emas, balki hamon yaratayotgan merosi haqida ham bormoqda.

Unga qarshi har qanday vaziyatda ham juda ehtiyotkor bo'lish kerak. Krishtianuni alohida nazorat qilish shart emas, ammo maydonning istalgan nuqtasida undan ogoh bo'lish lozim. Uning bizga qarshi o'ynamasligini istardim, ammo u maydonga tushadi. Biz futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan birining o'yinidan bahra olish imkoniyatiga egamiz"
, — deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar