Braziliya milliy jamoasi himoyachisi Markinyos 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Pentakampeonlar" 1/8 final bosqichida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.
"Biz bu mag'lubiyat uchun mas'uliyatni o'z bo'ynimizga olishimiz kerak. Men sardor sifatida va boshqa tajribali futbolchilar ham yangi avlod xotirjam holda yangi bosqichni boshlashi uchun javobgarlikni zimmamizga olishimiz lozim.
Biz ko'p narsaga erishdik, ammo hal qiluvchi pallalarda samarali harakat qila olmadik va xatolarga yo'l qo'ydik. Endi xulosa chiqarish va Braziliya xalqidan uzr so'rash vaqti keldi.
Men muxlislardan bizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Kelasi 4 yil davomida jamoa yanada katta yutuqlarga erishish uchun ishlaydi va navbatdagi jahon chempionatida o'zini ko'rsatishga harakat qiladi", — dedi Markinyos Globo Esporte nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, Braziliya milliy jamoasi ilk bor 1990 yilgi jahon chempionatidan buyon chorakfinalga chiqa olmadi.