Javohir Sindarov mashhur grossmeyster Daniyel Naroditskiy xotirasiga bag'ishlangan Naroditsky Memorial Blitz 2026 turnirida ham chempionlikni qo'lga kiritdi, deb xabar beradi UzChess.
Musobaqani 7.5/9 natija bilan yakunlagan o'zbekistonlik shaxmatchi birinchi o'rinni ta'minladi va 6 000 AQSh dollari miqdoridagi bosh mukofotga ega chiqdi.
Sindarov avvalroq ushbu turnirning rapid yo'nalishida ham g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.
Javohir Sindarov – Naroditsky Memorial Blitz turniri g'olibi
Boshqa sportlar
5 iyul, 17:30
O'zbekistonlik grossmeyster avvalroq rapid yo'nalishida ham g'olib bo'lgandi.
Foto: UzChess