Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand JCH-2026 1/8 finalidan o'rin olgan Braziliyaga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Vikinglar “Manchester Siti” forvardining dubli evaziga 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida ilk bor chorakfinalga chiqdi.
E'tiborliysi, Holand ushbu turnirda o'zi o'ynagan barcha 4 bahsda eng yaxshi o'yinchi sifatida e'tirof etildi. U faqat guruh bosqichidagi Fransiyaga qarshi bellashuvda maydonga tushirilmadi.
Ma'lumot uchun, Norvegiya 1/4 finalda Meksika — Angliya juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.
Holand Norvegiya — Braziliya bahsining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
Futbol
5 iyul, 18:30
«Man Siti» hujumchisining dubli vikinglarni ilk bor mundial chorakfinaliga olib chiqdi.
Foto: Getty Images
05.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Braziliya
1
:
2
Norvegiya