Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martinez jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichini ikkinchi o'rinda yakunlab, pley-offga chiqqanini izohladi.
– Siz bir necha bor Xorvatiya Yevropa jamoasi ekanini ta'kidlagan edingiz, endi esa navbatda Ispaniya turibdi. Portugaliya guruhda birinchi o'rinni egallashni istagandi, ammo ikkinchi pog'ona uchun unchalik xafa bo'lmagandek tuyuldi. Chunki bu orqali Argentina va Gana bilan ertaroq to'qnash kelmaslikka erishgan bo'lishi mumkin. Bu fikrda mantiq bormi?
– Afsuski, yo'q. Bunda hech qanday mantiq yo'q. Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz. Jahon chempionatiga kelganimizda asosiy maqsadimiz turnir davomida yanada kuchayish va barcha futbolchilarni o'yinlarga tayyorlash edi.
Barcha bahslarda g'alaba qozonib, guruhda birinchi o'rinni egallashni xohlaganmiz. Ammo Jahon chempionati oson musobaqa emas. Bu yerda doimiy ravishda rivojlanish, turli variantlarni sinab ko'rish va o'yin tamoyillarini takomillashtirish talab etiladi.
Turnir yo'liga kelsak, bu haqda avval ham aytganman: raqibni tanlab bo'lmaydi.
Eng muhimi — qaysi raqib yoki qaysi yo'l to'g'ri kelishidan qat'i nazar, o'zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish etish. Hozir esa butun e'tiborimizni 1/8 final bahsiga qaratganmiz, — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Record.
Martines: «Guruhda 1-o'rinni olmoqchi edik. Ammo JCH oson emas — turnir yo'li va raqibni tanlash imkonsiz»
Futbol
5 iyul, 17:45
Portugaliya bosh murabbiyi jamoasi Argentinadan qochgani haqidagi gaplarda mantiq yo'qligini ta'kidladi.
Foto: Getty Images