Live
1
O'zbek

Vinisius: "Penalti tepuvchi o'yindan oldin belgilanadi"

Futbol
5 iyul, 21:00
Braziliya vingeri Norvegiyaga qarshi o'yindan so'ng amalga oshirilmagan penalti haqida fikr bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Vinisius: "Penalti tepuvchi o'yindan oldin belgilanadi"
Foto: Getty Images
05.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 2 Norvegiya Norvegiya

Braziliya milliy jamoasi vingeri Vinisius Junior 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Norvegiyaga qarshi uchrashuv (1:2)dan so'ng amalga oshirilmagan penalti haqida fikr bildirdi.

"Penalti tepuvchi o'yindan oldin belgilanadi. Murabbiy Brunoni tanladi, chunki u so'nggi kunlardagi mashg'ulotlarda juda yaxshi ko'rindi.

Afsuski, u gol ura olmadi. Lekin bu holat Gimaraesning milliy jamoadagi faoliyatiga salbiy ta'sir qilmasligiga umid qilaman.

Menga kelsak, hech qachon mas'uliyatdan qochmayman va doimo jamoa manfaatlari uchun harakat qilaman. Bugun maydonda bo'lganlar orasida Bruno eng yaxshi penalti tepuvchi edi", — dedi Vinisius Brasil Football nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Norvegiya Norvegiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar