Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn jahon chempionati pley-off bosqichida urilgan gollar soni bo‘yicha milliy jamoa rekordini takrorladi.
«Uch sherlar» sardori 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Meksikaga qarshi bahsning 60-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi. «Bavariya» hujumchisi gol keltiruvchi bo‘ldi.
Qolgan vaqtda mezbonlar bitta gol urganda-da, mag‘lubiyatdan qutula olmadi va o‘z maydonidagi mundial bilan xayrlashdi — 2:3.
Squawka ma'lumotiga ko‘ra, Keyn endi Angliya milliy jamoasi tarixida jahon chempionati pley-off bosqichida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida 1-o‘rinni egallab turibdi. Uning hisobida 6 ta gol bor. Xuddi shunday natija avvalgi rekordchi Gari Linekerga ham tegishli edi.
Ma'lumot o‘rnida, Angliya milliy jamoasi chorakfinalda Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi.