Termizdagi «Surxon Arena» stadioni maysasi ayanchli holatga kelib qolganligi tufayli, PFL ushbu stadionni ham Superliga oʻyinlarini qabul qiluvchi stadionlar roʻyxatidan chiqardi.
«Surxon» Superliga reglamentiga zid ravishda rasmiy uchrashuv startiga 20 kun vaqt qolguniga qadar ham Superliga 13-turidan oʻrin olgan «Dinamo»ga qarshi uchrashuv oʻtishi rejalashtirilgan stadion masalasida Ligaga rasmiy taklif kiritmadi. Shundan kelib chiqib, mazkur bellashuv «Surxon» klubining nominal mezbonligi ostida Samarqanddagi «Dinamo» stadionida oʻtkaziladi.
Ma'lumot uchun, Superliga joriy mavsumida xuddi shunday sabab oqibatida 3-tur doirasidagi «Mashʼal» — «Qizilqum», 4-tur doirasidagi «Soʻgʻdiyona» — «Paxtakor» hamda 7-tur doirasidagi «Nasaf» — «Buxoro» uchrashuvlari raqib maydoniga koʻchirilgandi. «Surxon» — «Dinamo» bellashuvi bu borada hisob boʻyicha toʻrtinchisi hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
«Surxon» — «Dinamo» oʻyini Samarqandda oʻtkaziladi
Futbol
6 iyul, 08:15
Bu mavsumda mezbon jamoaning raqib maydonida oʻynashi 4-bor kuzatilmoqda.
Foto: Dinamo PFC
23.07.2026, 11:00
O‘zbekiston Superligasi
Surxon
-
:
-
Dinamo Samarqand