«Xorazm» Samarqandning «Dinamo» klubidan Ulug'bek Xoshimovni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
25 yoshli hujumchi yangi jamoasi safida 9-raqam ostida harakat qiladi. Qayd etish lozim, Xoshimov faoliyati davomida «Neftchi», «Surxon», «Paxtakor» va «Dinamo» kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Ayni vaqtda xorazmliklar Superliga 11-turidan so'ng 13 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 11-pog'onasidan joy olgan. Avvalroq «Dinamo» Ulug'bek Xoshimov bilan bir yillik hamkorlikdan keyin do'stona xayrlashganini ma'lum qilgandi.