Bugun
2
O'zbek

«FIFA chegarani buzdi. Qaror yuzasidan ishonchsizligimizni bildiramiz» — UEFA Balogun ishi bo‘yicha bayonot berdi

Futbol
6 iyul, 09:25
Futbol bo‘yicha Yevropaning bosh tashkiloti AQSh forvardining diskvalifikatsiyasini kechiktirgan FIFA'ga e'tiroz qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«FIFA chegarani buzdi. Qaror yuzasidan ishonchsizligimizni bildiramiz» — UEFA Balogun ishi bo‘yicha bayonot berdi
Foto: Getty Images

UEFA Folaringa Balogun atrofidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi.

AQSh milliy jamoasi hujumchisi JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Bosniya va gersogovinaga (2:0) qarshi o‘yinda Tarik Muharemovichning to‘piq qismini bosgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgandi. Keyinchalik uning bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasi bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib qo‘yildi. Endi hujumchi 1/8 finalda Belgiya qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp qizil kartochkadan keyin ham, diskvalifikatsiya to‘xtatilgandan keyin ham FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ikki marta qo‘ng‘iroqlashgan.

«Folaringa Balogunga ko‘rsatilgan qizil kartochkadan keyingi avtomatik bir o‘yinlik diskvalifikatsiyani bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turish haqidagi kechagi qaror chegarani buzdi.

Futbol, har qanday sport turi kabi, adolatli, shaffof va teng raqobatning asosi bo‘lgan qoidalarga tayanadi. Ba'zan qoidalar turlicha talqin qilinishi mumkin. Ammo bu holatda bunday emas.

Qizil kartochkadan keyingi avtomatik bir o‘yinlik diskvalifikatsiyani qo‘llash ixtiyoriy emas va vakolatli organ tomonidan alohida qaror qabul qilishni talab qilmaydi. Bu reglamentda mustahkamlangan tamoyil bo‘lib, u istisnolarga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, turnir davom etayotgan paytda, qachonki boshqa bir qator o‘yinchilar ham xuddi shunday holatlarga tushib, o‘z diskvalifikatsiyalarini o‘tib bo‘lgan paytda.

Qoidalarning qat'iyligi ta'minlanmasa, o‘yinning yaxlitligi xavf ostida qoladi va musobaqaga bo‘lgan ishonch susayadi. Shuningdek, bu qaror hozirgi turnirda pretsedent yaratadi, bunday holatlar kelgusida ham bir xil ko‘rib chiqilishini talab qiladi va bu musobaqaga zarar yetkazadi.

Futbol — dunyodagi eng sevimli sport turi, chunki u — go‘zal o‘yin va barcha mamlakatlarda bir xil qoidalar asosida o‘ynalgani uchun unga ishonch bor. Hech bir turnir mustaqil holat sifatida ko‘rilmasligi kerak va Jahon chempionati kabi musobaqalar butun futbol tizimiga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Biz bunday noodatiy, tushunarsiz va asossiz qaror yuzasidan o‘z ishonchsizligimizni bildiramiz»
, — deyiladi UEFA bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar