Live
2
O'zbek

Davide Anchelotti — «Lill» bosh murabbiyi

Futbol
1 iyun, 06:20
36 yoshli mutaxassis Yevropadagi ilk mustaqil ishini boshlamoqda.
Davide Anchelotti — «Lill» bosh murabbiyi
Foto: LOSC

«Lill» Davide Anchelottini bosh murabbiy etib tayinlaganini ma'lum qildi.

36 yoshli italiyalik mutaxassis fransuz klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

«Lill» 2026/27 yilgi mavsum arafasida Davide Anchelottini mamnuniyat bilan qarshi oladi. Yangi mavsum Liga 1 va Chempionlar ligasini ham o'z ichiga oladi. Dunyodagi yirik klublar va murabbiylar shtabi bilan ishlash orqali katta tajribaga ega bo'lgan yosh mutaxassis iste'dodlarni rivojlantirish qobiliyati bilan ham tanilgan.

«Lill»ga xush kelibsiz, Davide!»
— deyiladi fransuz klubi bayonotida.

Hozirgacha Davide otasi Karlo Anchelottiga Braziliya milliy jamoasida yordamchilik qilgan. Ilgari ota va o'g'il bir necha yil «Real»da birga ishlashgan. Shundan so'ng kichik Anchelotti bir necha oy «Botafogo» jamoasini boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar