Live
1
O'zbek

Del Piero: "Bu yil JCH bo'lmaganida, Xvicha "Oltin to'p"ni yutgan bo'lardi"

Futbol
1 iyun, 10:25
"Yuventus" sobiq hujumchisining fikricha, gruziyalik vinger yakunlangan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.
Del Piero: "Bu yil JCH bo'lmaganida, Xvicha "Oltin to'p"ni yutgan bo'lardi"
Foto: Getty Images

"PSJ" va Gruziya milliy jamoasi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya "Oltin to'p" sohibi bo'lishi mumkin edi, deb hisoblaydi Alessandro Del Piero.

"Agar oldinda Jahon chempionati bo'lmaganida, Kvaratsxeliya "Oltin to'p"ni aniq qo'lga kiritgan bo'lardi. Bunga uning UEFA Chempionlar ligasidagi ishtiroki sabab bo'lardi. Gollar, golli uzatmalar va maydondagi ish hajmi jihatidan hech kim u kabi o'yinga ta'sir ko'rsatmadi.

"Arsenal" haqida gapiradigan bo'lsak, jamoa ajoyib mavsum o'tkazdi. Biroq finalda gol urgandan keyin juda passiv harakat qildi. Bu — ularning fantastik mavsumidagi yagona dog', xolos. Shuni unutmaslik kerakki, Premer-liga juda murakkab va yuqori talab qo'yadigan chempionat"
, — deya "Yuventus" sobiq hujumchisining so'zlarini keltiradi TuttoMercatoWeb.

Del Piero
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar