Fransiyaning «PSJ» klubi, agar Dro Fernandes jismoniy tayyorgarligini yaxshilamasa va harakatlari intensivligini oshirmasa, yarimhimoyachi bilan xayrlashishi mumkin - bu jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening talabi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Yanvar oyida Parij klubiga o‘tgan «Barselona»ning 18 yoshli tarbiyalanuvchisi mavsumda deyarli o‘yin vaqtiga ega bo‘lmayapti . Uning iste’dodi va ijodkorligi e’tirof etilganiga qaramay, Enrike Fernandesni tegishli jismoniy tayyorgarliksiz tarkibga kiritish niyatida emas: futbolchi yuqori tempni saqlashi, faol bosim o‘tkazishi va mashg‘ulotlarda barqaror harakat ko‘rsatishi kerak. Murabbiy futbolchiga faqat futbolga e’tibor qaratish va har kuni jamoadagi o‘rni uchun kurashishga tayyorligini isbotlash vazifasini aniq belgilab berdi. Agar bunday bo‘lmasa, klub yarimhimoyachi bilan xayrlashish imkoniyatini ko‘rib chiqishni boshlaydi.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumda futbolchi parijliklar safida 5 ta o‘yinda ishtirok etib, samarali harakatlar amalga oshira olgani yo‘q.