Bugun
7
O'zbek

Toronto politsiyasi JCH-2026 tadbirlari vaqtida 6 ta dronni ushladi

Futbol
16 iyun, 07:30
So‘nggi dron dushanba, 15 iyun kuni aniqlangan.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Toronto politsiyasi JCH-2026 tadbirlari vaqtida 6 ta dronni ushladi
Foto: Djistor

Bu haqda CTV telekanali xabar berdi.

Toronto shahri politsiyasi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan tadbirlar boshlanganidan beri ular o‘tkazilayotgan joylarga yaqin hududlarda 6 ta ruxsatsiz dronni ushladi.

So‘nggi dron dushanba, 15 iyun kuni aniqlandi va ushlandi — u bir haftadan kam vaqt ichida oltinchisi bo‘ldi. Dron operatoriga Kanada aviatsiya qoidalarini buzganlikda ayblov qo‘yildi.

Politsiya jahon chempionatiga bog‘liq majmualar yaqinida uchish mumkin emasligini va ruxsatsiz dronlardan foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha jahon chempionati-2026 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Kanadada o‘yinlar Toronto va Vankuver shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar