Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronalduning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda milliy jamoaning ayrim futbolchilari, xususan, Brunu Fernandesh va Joau Neveshning JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Kongo DRga qarshi o‘yindagi (1:1) harakatlarini keskin tanqid qilishdi.
41 yoshli forvard muxlislari jamoaning qolgan a’zolari o‘z yetakchilari uchun yetarlicha harakat qilishmayotganidan norozi.
Jumladan, Brunu Fernandeshning sahifasidagi post ostida mana bunday izohlarni uchratish mumkin:
«To‘pni Ronalduga oshirishdan qo‘rqyapsanmi?»;
«U Krishtianuning asosiy dushmani...»; «Sen aqldan ozdingmi? Nimalar bo‘lyapti?! To‘pni hujumchiga oshir»;


Joao Neveshning sahifasi ham muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi:
«Hurmat qilmaysanmi? Ronaldu — sizlarning ustozingiz hisoblanadi»; «Argentina Messi uchun o‘ynayapti. G‘alaba qozonishni istasang, Ronaldu uchun o‘yna, yigitcha».
Muxlislar hattoki Joao Neveshning qiz o‘rtog‘ini ham tinch qo‘yishmadi va uning intagramdagi sahifasiga minglab «izohlar yog‘dirishdi».