Bugun
22
O'zbek

«Bayer» Moreyra transferini e'lon qildi

Futbol
19 iyun, 00:35
Portugaliyalik vinger «Lion»dan sotib olindi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Bayer» Moreyra transferini e'lon qildi
Foto: Bayer 04

«Lion» vinger Afonso Moreyrani «Bayer»ga sotdi.

Fransiya klubi ma'lum qilishicha, portugaliyalik 21 yoshli futbolchining transfer qiymati bonuslar bilan birga 33,6 million yevrogacha yetishi mumkin. Shundan 4,1 million yevro turli bonuslar ko'rinishida to'lanadi. Shuningdek, «Lion» futbolchining keyingi transferidan 10 foiz ulush oladi.

Moreyra «Bayer» bilan 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Afonso «Sporting»dan ko'chib o'tgach, Liga 1da faqat bir mavsum to'p tepdi. U chempionat doirasida 27 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Natijada u Endrik bilan birga jamoaning mavsumdagi eng yaxshi assistenti bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bayer Bayer
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar