Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman jahon chempionati oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyun kuni Niderlandiya turnirdagi ilk bellashuvini Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.
«Ularning o‘yinini tahlil qildik. Jamoa sifatida kuchli ekanligini bilamiz. Jismonan juda kuchli. Shubhasiz, oson bo‘lmaydi. Shunga qaramay, o‘zimizga ishonamiz. Yaponiyani hurmat qilamiz, lekin biz — Niderlandiyamiz. O‘ylaymanki, ular ham bizni hurmat qiladi. Bu qiyin o‘yin bo‘ladi», – deya Kumaning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma'lumot uchun, Niderlandiya guruhda Shvetsiya (20 iyun) va Tunis (26 iyun) jamoalari bilan ham bellashadi.