Bugun
6
O'zbek

Oʻzbekiston TIV milliy jamoa futbolchilari tekshirilgani boʻyicha AQSHdan izoh soʻradi

Futbol
10 iyun, 23:30
Oʻzbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi orqali AQSHning tegishli idoralariga rasmiy murojaat qilindi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Oʻzbekiston TIV milliy jamoa futbolchilari tekshirilgani boʻyicha AQSHdan izoh soʻradi
Foto: UFA

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi milliy jamoa futbolchilari tekshirilgani boʻyicha AQSHdan izoh soʻradi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Omonulla Fayziyev xabar berdi.

AQSHning Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi (1:2) oldidan milliy jamoamiz futbolchilari hamda murabbiylar shtabi aʼzolari kuchaytirilgan xavfsizlik tekshiruvidan oʻtkazilgan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi orqali AQSHning tegishli idoralariga rasmiy murojaat qilinib, holat yuzasidan tushuntirish soʻralgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Niderlandiya Niderlandiya
Bugungi yangiliklar