Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Misrga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
"Romada birga ishlaganimizdan so'ng Muhammad Salohni yana ko'rganimdan xursandman. U ajoyib futbolchi. Men uni quchoqlayman, lekin o'yin boshlanishi bilanoq biz raqiblarga aylanamiz. Marmush va Saloh kabi Misrning ajoyib o'yinchilari bor, lekin biz o'zimizga va kuchli tomonlarimizga e'tibor qaratamiz.
Bu bahsda uch ochkoni qo'lga kiritish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Guruhda peshqadam bo'lishni istaymiz. Misrni yengish orqali bu maqsad sari birinchi qadamni tashlashimiz kerak", – deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.