Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aksel Vitsel Jahon chempionati-2026 musobaqasida nnimalar kutayotganini aytib o‘tdi. Mundial 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, xavbek 2008-yildan buyon milliy sharafini himoya qilib keladi.
«Bu jahon chempionatini men birinchi bor ishtirok etayotganday qabul qilaman, chunki u men uchun oxirgisi bo‘ladi. Shunchaki zavq olish uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilaman. Faqat o‘yinlar haqida emas, balki mashg‘ulotlar va jamoadoshlarim bilan birga o‘tkaziladigan vaqt haqida ham gapiryapman, bu vaqt to‘rt haftadan ortiq bo‘ladi.
Nazarimda, jamoada muvozanat saqlash, yangi avlod va katta avlodning uyg‘unligini ta’minlash muhim. Va to‘g‘ri kayfiyat ham muhim. Mening avlodimdagi o‘yinchilar yosh futbolchilarga yordam berish uchun milliy jamoada, jahon chempionatida tajribaga ega bo‘lish doimo muhim», — deydi Vitsel Tribal Football Flashscore’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichida Belgiya milliy jamoasi Misr, Eron va Yangi Zelandiya jamoalari bilan ro‘baro‘ keladi.